Dam olish kunlari yurtimizda sovuq antitsiklon saqlanib turadi
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha ob-havoni hali ham sovuq antitsiklon belgilaydi.
Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 yanvar kuni eng chekka janubda biroz qor yog‘ishi mumkin.
Kunduzi havo harorati −3…+2 daraja bo‘ladi. Dam olish kunlari havo harorati kechalari −8…−13 daraja, ba’zi joylarda −15…−17 darajagacha soviydi. Kunduz kunlari −2…+3, ba’zi joylarda -5 darajagacha sovishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shuningdek, respublika yo‘llarida ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.