Davlat bojxona qo‘mitasi UZIMEI bo‘yicha tekshiruv boshlaganini e’lon qildi

Qo‘mita axborot xizmatining bildirishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda xorijdan olib kirilgan shaxsiy mobil qurilmalari kodini Uz IMEI tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida ularning nomiga boshqa mobil qurilmalarini ularning xabarisiz rasmiylashtirilganligi, bunda pasport ma’lumotlari uchinchi shaxslarga turli xizmat xodimlari tomonidan taqdim etilgan bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur xabarda keltirilgan holatlar yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tekshiruv tayinlandi. Bu kabi holatlarga duch kelgan fuqarolarimizdan Davlat bojxona qo‘mitasining qisqa raqamli ishonch telefoni 11-08 ga murojaat qilishingiz so‘raladi.
Yuqoridagi holat bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshiruv natijalari yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qo‘shimcha axborot beriladi, deyiladi xabarda.