Davlat yerini 120 ming AQSh dollariga pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida 1964 yilda tug‘ilgan, Oqdaryo tumanida yashovchi R.Sh. ushbu tumandagi fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 2.7 gektar yer maydonining 1.5 gektar qismini tamagirlik yo‘li bilan mahalliy fuqaroga 120.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu mablag‘ning 60.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.