Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun qanday odob-axloq qoidalariga bor?
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga ko‘ra, bu bo‘yicha bir qator qoidalalar belgilangan.
Jumladan:
- Davlat xizmatchilari fuqarolarning jinsi, irqi, millati, fuqaroligi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei kamsitilishiga olib keluvchi ta’sir choralari va harakatlar (harakatsizlik)ga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
- Shuningdek, halol, adolatli va kamtar bo‘lishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilishi kerak.
Eslatma: davlat xizmatchisining Odob-axloq qoidalarini buzishi ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.