Davlat tashkilotlari xodimlari o‘rtasida "O‘zbek polvoni" musobaqasi o‘tkaziladi
Prezident qarori (PQ–4881, 04.11.2020 yil)ga muvofiq, 2021 yildan har ikki yilda bir marta kurash bo‘yicha:
- oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xalqaro musobaqa;
- xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirlar o‘tkaziladi.
➖ 2020 yildan har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “O‘zbek polvoni” respublika musobaqasi o‘tkaziladi.
➖ 2021–2025 yillarda kurash mahorat maktablari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
➖ 2021/2022 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, maktab-internatlari va sport maktablarida kurash bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari 2 baravarga oshiriladi.
Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi tasdqilandi.
Konsepsiyada, jumladan, 2028 yilda kurashning Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishiga erishish ko‘zda tutilgan.