Davlat test markazi nogironligi tasdiqlanmagan abituriyentlarga murojaat qildi
- 08.08.2022 09:23
- 64
- Ta’lim
Abituriyentlar tomonidan "Nogironligim tasdiqlangani to‘g‘risida nima sababdan menga SMS kelmadi? " degan murojaatlar ko‘p bo‘lmoqda.
Davlat test markazi bu holatga oydinlik kiritdi.
Nogironligi bor bo‘lgan abituriyentlarning ma’lumotlari tekshirish uchun yuborilgan va hozirda tegishli tashkilot tomonidan tekshirilmoqda.
Bu imtiyozni qayta tekshirishdan asosiy maqsad nogironligi bo‘lmagan abituriyent nogironligim bor deb kiritgan bo‘lsa va u alohida kvotada qatnashib tavsiya etilgan taqdirda ham oliy ta’lim muassasasi uni o‘qishga qabul qilmaydi.
Shu sababli uni qayta tekshirish uchun yuborilgan.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun nogironlikni tasdiqlangani yoki tasdiqlanmaganini aloqasi yo‘q, nogironligi tasdiqlangan abituriyentlar faqatgina tanlovda alohida kvotada ishtirok etadilar.
Nogironligi bor abituriyentlarning ma’lumotlari tasdiqlanib kelgandan so‘ng ularga SMS xabar yuboriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa