Davlat xaridlaridagi kamchiliklar, majburiyat va javobgarlik kimda?
Bu savolga Samarqand viloyati g‘aznachilik boshqarmasida respublikaning sohaga mas’ul departament vakillari, boshqarmaning tuman-shahar bo‘limi xodimlari, tadbirkorlar hamda davlat buyurtmachilari ishtirokida shu turdagi buyurtmalarni xarid qilish tartiblari va mezonlarini amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etishga bag‘ishlangan seminarda javob izlandi.
Yig‘ilishda Moliya vazirligi g‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sarvar Nazarov va bo‘lim boshlig‘i Akbar Norov davlat buyurtmalarini amalga oshirishda kelgusida byudjet buyurtmachilari va tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar o‘rtasida tuziladigan yuridik majburiyatlar elektron imzo orqali tasdiqlanib, elektron shaklda shartnomalar shakllantirilishi bo‘yicha tushunchalar berdi.
Hozirda xarid komissiyalari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish, xarid komissiyasi a’zolarining majburiyatlari va javobgarliklariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Byudjet byurtmachilari va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Shuningdek, davlat xaridlarini ochiqligini ta’minlash va rivojlantirish bo‘yicha takliflar eshitildi.
Viloyat g‘aznachilik boshqarmasi axborot xizmati.