Davr fidoyilari: Salkam qirq yillik tadbirkor

Haydar O‘roqov haqida gap ketganda ana shunday ta’rif beriladi. Bugun u nafaqat ko‘p yillik ishi - parrandachilik, shu bilan birga boshqa yo‘nalishlarda ishbilarmonlik borasida ham ko‘pchilikka ibrat bo‘lmoqda.

U rahbarlik qilayotgan xo‘jalik butun respublika bo‘ylab millionlab bosh jo‘ja va ularni boqish uskunalari hamda ozuqalari tarqatgan. Bu pirovardida parhez go‘sht ko‘payishi ortidan uning narxi arzonlashishiga xizmat qilmoqda.

Niderlandiya kabi eng ilg‘or davlatlardan naslli jo‘jalar olib kelinayotgani, yem ishlab chiqarish liniya va inkubator uskunalari kompyuterlashtirilgani bobo bo‘lib, birovga gap bermaydigan yoshdagi Haydar O‘roqovning yangilikka o‘chligi, tinib-tinchimasligidan.

Ommatan bu nima berardi, degan savol tug‘ilish tabiiy.

Bilib qo‘ying, Xitoy tomoni vakillari bir yarim yil davomida korxonadagi ish jarayonlari, parvarish, mahsulot yetishtirish sharoitlarini o‘rgangan. Va nihoyat respublikdagi 62 ta talabgor korxona ichida aynan “Navobod Naslli Parranda” fermer xo‘jaligi xitoyliklar bilan shartnoma tuzishga erishgan.

Qanday shartnoma, deysizmi, tovuq panjalarini xarid qilish bo‘yicha.

Haydar O‘roqov bu kabi yangilik, marra bilan cheklanib qolmoqchi emas. Muhimi, viloyatdagi boshqa tadbirkorlarni ham 4-5 so‘m topish bilan to‘xtab qolmasligi yo‘lida ham bosh qotiryapti.