Demografiya haqida qiziqarli faktlar
Eng keng tarqalgan familiyalar
Li - global o‘lchovdagi eng mashhur familiya bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 100 milliondan ortiq xitoyliklar unga egalik qiladi.
20 000 000 dan ortiq kishining familiyasi bo‘lgan Garsiya va Gonsales Lotin Amerikasi mamlakatlari bo‘ylab keng tarqalgan. Ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda birinchilik Smitlarga tegishli (4 000 000 dan ortiq). Shvedlar qirolligida 350 mingdan ortiq Karsson/Karlsson va shunga o‘xshash familiyalar mavjud. Rossiyada juda ko‘p Petrovlar (2,6 million), Ivanovlar va Smirnovlar yashaydi.
Eng ko‘p tug‘ilish
Kelgusi 50 yil Yerning demografik qiyofasini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirishga va’da bermoqda. Yevropa va Rossiya o‘z aholisini tez yo‘qotishda davom etadi, ammo to‘qqizta xalq - hindular, pokistonliklar, nigeriyaliklar, efiopiyaliklar, kongoliklar, indoneziyaliklar, afg‘onlar, Tanzaniya va Kongoda yashovchi qabilalar soni ikki baravarga ko‘payadi.
Aholining 3/1 qismi pensiya ta’minotidan mahrum
Yaponlar 70 yoshgacha ishlaydi, avstraliyaliklar ulardan 4 yil oldin nafaqaga chiqadi, Rossiyada erkaklar 65 yoshda, ayollar esa ulardan 5 yil oldin pensiya oladi.
Xitoy, Hindiston va Tailandda davlat pensiya ta’minoti faqat davlat xizmatida bo‘lganlarni kutmoqda.
Bir qator Lotin Amerikasi mamlakatlari, Markaziy va Janubiy Afrikaning ko‘plab mamlakatlaridagi iqtisod keksalarni ta’minlash uchun yetarli emas.
Inson umri uzaydi
1901 yildan asrning o‘rtalariga qadar yevropaliklarning umr ko‘rish davomiyligi o‘sib bordi va mintaqaga qarab 46-60 yoshga yetdi. 2000 yilga kelib, o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 76 yoshni tashkil etdi va 2020 yilda 80 yoshga yaqinlashgandi, biroq, koronavirus pandemiyasi “reja”larni buzib qo‘ydi.
Ammo taraqqiyot o‘sishda davom etmoqda va mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 2050 yillarda bu raqamlar 77 yoshga va asr oxiriga kelib 85 yoshdan oshadi. Shu bilan birga, yevropaliklar 100-110 yil yashay boshlashadi.
Yerda qancha odam sig‘ishi mumkin?
Hisob-kitoblar turlicha - 10 milliarddan 18 milliardgacha, 12 milliard kishi sig‘ishiga rozi bo‘layotgan ko‘pchilik ekspertlar 2090 yilda Yerdagi odamlar soni bu qiymatga yetganda, tizimli oziq-ovqat tanqisligi sabab ommaviy ocharchilik boshlanishi haqida qayg‘urishmoqda.
O‘ng va chap qo‘llilar
Erkaklar orasida ko‘proq uchraydigan chap qo‘l odamlarning yerdagi ulushi barqaror bo‘lib, 15 foiz atrofida o‘zgarib turadi. Shu bilan birga, chap qo‘llilar yozish uchun ko‘pincha o‘ng qo‘lidan foydalanadi va chap qo‘llarini boshqa yumushlarda ishlatadi. Masalan, Chaplin chap qo‘li bilan musiqiy anjomlar chalib, o‘ng qo‘li bilan yozgan.
Erkaklar ko‘pmi yoki ayollar?
Erkaklar bir oz ko‘proq, lekin tafovut 2 foizni tashkil qiladi. Bu ham ijtimoiy (Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikaning yosh va "urushayotgan" davlatlarida an’anaviy ravishda ko‘proq erkaklar tug‘iladi, ularning go‘daklik davrida omon qolish darajasi ham yaxshiroq), ham madaniy sabablar bilan bog‘liq. Hindlar va xitoylar kabi eng katta etnik guruhlar ko‘proq erkak merosxo‘rlarni qadrlashadi. Negaki, u keksa ota-onasini umrining oxirigacha boqish majburiyatini olib, oilani tark etmaydi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.