Deputat tashabbusi bilan ichki yo‘llar ta’mirlanyapti

Xalq deputatlari Past Darg‘om tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” SDPdan saylangan deputat Shohruh Xolmamatov yaqinda To‘qboy mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvda ayrim ichki yo‘llar qishda loy, yozda chang bo‘lganligi tufayli turli noqulayliklar keltirib chiqarayotganini bildirishdi.
Deputat tashabbusi bilan mahalladagi nosoz yo‘llarda homiylik asosida dastlabki ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, uchrashuvda Ma’rifat Qudratova sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam, kam ta’minlangan Gavhar Rustamova uy-joy bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qildi. Deputat har ikki holat yuzasidan amaliy ishlarni boshlab yubordi.
Xususan, homiylar ko‘magida M.Qudratovaga sog‘lig‘ini tiklab olish uchun 1 million so‘mdan ortiq mablag‘ topshirilgan bo‘lsa, G.Rustamova uy-joy olish uchun tuman hokimligi ro‘yxatiga kiritildi.
O‘zbekiston “Adolat” SDP viloyat Kengashi matbuot xizmati.