Deputatlar ko‘magida tug‘ma yurak-porogi bor fuqaro operatsiya qilindi

Toyloq tumani Yastepa mahallasida yashovchi fuqaro H.Himmatova hudud deputatlariga o‘zida tug‘ma yurak-porogi borligi va uni operatsiya qilish bo‘yicha yordam so‘rab murojaat qilgan. Lekin uning ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgani sababli operatsiya xarajatlarini ko‘tara olmaydi.
Natijada O‘zLiDePning “Bir deputat 100 ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida mazkur murojaat bo‘yicha tuman Kengashi deputatlari N.Mo‘minova hamda I.O‘rinov Toyloq tuman tibbiyot birlashmasi, tuman xalq qabulxonasi vakillari bilan o‘rganishlar olib borib, bemor darhol tegishli choralar ko‘rish uchun viloyat kardiologiya markaziga yuborilgan.
O‘rganishlar natijasida II guruh nogironi H.Himmatovaning operatsiyasi uchun viloyat kardiologiya dispanseri tomonidan sug‘urta tizimi asosida 40 million so‘mlik operatsiya xarajatlari qoplab berildi va mazkur kardiologiya markazida malakali shifokorlar tomonidan operatsiya o‘tkazilib, bemor to‘liq sog‘lomlashtirildi.