Deutsche Bank: “Global tartibsizliklar davri yaqinlashmoqda”
1980 yildan buyon davom etib kelayotgan globalizatsiya davri o‘rniga “tartibsizliklar asri” kelmoqda, deyilgan RBK agentligi taqdim etgan, Deutsche Bank olib borgan tadqiqotda.
Hisobot muallifi Jim reyd va uning hamkasblarining ta’kidlashicha, yangi davrning o‘ziga xosligi Xitoy iqtisodining AQSh iqtisodidan o‘zib ketishi bo‘ladi va bu qarama-qarshilik sovuq urush davridagi Qo‘shma Shtatlar va SSSR o‘rtasidagi aloqalarni yodga solib turadi.
Global qarzdorlik oshishining davom etishi, markaziy banklar tomonidan “vertolyotli pullar” siyosati davom ettirilishi va XXI asrda voyaga yetgan yosh avlodning ta’siri, shu jumladan, saylovlardagi o‘rni oshishi kutilmoqda.
Shuningdek, “tartibsizliklar asri”ning yana bir o‘ziga xos tarafi inflyasiya darajasining muntazam oshishi bo‘ladi.
Ekspertlarning taxminiga ko‘ra, bunday “tartibsizliklar” kamida birinchi o‘n yillikda yangi davrni bilgilab beradi.
Hisobot mualliflari “tartibsizliklar davrini” investitsiyalardan voz kechish uchun sabab, deb qabul qilmaslikka chaqirmoqda. Sababi, bu davr ulkan imkoniyatlar davri ham bo‘ladi.