Diyetolog olive salatining uchta zararli xususiyatini aytdi

Olive salati odamning salomatligini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan bir nechta zararli xususiyatlarga ega. Oziq-ovqat mutaxassisi, gastroenterolog Marina Xorol bu haqda NEWS.ru bilan bo‘lgan suhbatda ogohlantirdi.

Birinchidan, salat tarkibida ko‘plab ingrediyentlar mavjud. Ular esa oshqozon osti beziga og‘irlik qiladi. Chunki unga «birinchi mahsulotni, keyin ikkinchisini, uchinchisini... parchalash uchun xizmat qiluvchi» kerakli ferment topish kerak bo‘ladi-da.

Yog‘li va kaloriyali bo‘lganligi sababli mayonez va smetana qo‘shilgan oziq-ovqatlar ham foydali hisoblanmaydi. Bunda jigar, oshqozonosti bezi va o‘t aziyat chekadi.

Uchinchi salbiy omil - bu oliveda mikroorganizmlarning tez ko‘payishi. Agar salat tun davomida stolda qolgan bo‘lsa, ertalabgacha idishda turli bakteriya paydo bo‘lishi turgan gap. Hatto muzlatkichda bir necha kun saqlangan salat ham zararli mahsulotga aylanishi mumkin. Xorolning ta’kidlashicha, ana shuning uchun ham aynan yanvar oyi boshlarida pankreatit zo‘rayishi zaharlanish holatlari ko‘plab qayd etiladi.

Oliveni faqat tayyorlangan kuni va oz porsiyalarda iste’mol qilgan yaxshi, deya qo‘shimcha qildi shifokor. Mayonez o‘rniga yogurtdan foydalanish tavsiya etiladi.

Ilgari gastroenterolog, ovqatlanish mutaxassisi Irina Berejnaya yangi yil ovqatlaridan eng zararli oziq-ovqat sifatida tarkibida ko‘p miqdorda ingrediyentlar va mayonez bo‘lgan salatlarni aytgandi. Organizm pishloq, yong‘oq va mayonezni hazm qilishi qiyin, deya hisoblaydi vrach.

G.XOLDOROVA tayyorladi.