Diqqat, tanlov! “ENG ULUG‘, ENG AZIZ” an’anaviy viloyat ko‘rik-tanloviga onlayn tarzda ijodiy ishlar qabul qilinadi
Tanlovga “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish sohasida, iqtisodiy imkoniyatlarini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni, pandemiya sharoitida aholi farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlarni hayotiy misollar va tahlillar asosida xolis va haqqoniy yorituvchi ijodiy asarlar qabul qilinadi.
Ko‘rik-tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
– viloyatdagi yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;
– bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;
– ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari;
– televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;
– tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari;
–san’atkorlarning yurtni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari.
Ko‘rik-tanlovga 2019 yilning 15 avgustidan 2020 yilning 15 avgustigacha bo‘lgan davrda adabiy-badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e’lon qilingan maqolalar, radio va telekanallarda efirga uzatilgan materiallar, tasviriy san’at va foto asarlari, san’atkorlarning yurtni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari 2 sentyabrga qadar qabul qilinadi.
G‘oliblar 2020 yilning 10 sentyabriga qadar taqdirlanadi.
Koronavirus pandemiyasi sababli karantin qoidalaridan kelib chiqib, tanlovga yuboriladigan ijodiy ishlar onlayn shaklda (masofadan) qabul qilinadi.
Ishtirokchilar (muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot, pasport nusxasi, manzil va bog‘lanish telefonlarini ilova qilgan holda) o‘z ijodiy ishlarini “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanloviga, deb quyidagi shakl va formatlarda Samaokb@umail.uz elektron pochtasiga yoki +99897-915-23-32 telegram manziliga yuborishlari lozim:
– yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari, bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari pdf formatda;
– ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari havolalar (ssilka) ko‘rsatilgan holda;
– tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari JPG formatda;
– ijrochi san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari AVI formatda google disk, yandex disk yoki boshqa virtual resurslarga yuklanib, havolasi yuboriladi (mazkur havola 30 kun davomida ishlab turishi zarur);
– televideniye va radio ijodkorlarining materiallari mp3 hamda AVI formatda google disk, yandex disk yoki boshqa virtual resurslarga yuklanib, havolasi yuboriladi (mazkur havola 30 kun davomida ishlab turishi zarur).
Eslatmalar:
- Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari bitta kitobdan, yurtni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ikkitadan, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari xodimlarining materiallari, tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari uchtadan kam bo‘lmasligi lozim.
- Ijodiy ishlar, taqdim etiladigan boshqa materiallarni internet tarmog‘i orqali uzatish muammo bo‘lgan paytda bevosita ko‘rsatilgan manzilga yetkazilishi so‘raladi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasining 66 235-28-36 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Samarqand viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi.
Manzil: Samarqand shahri, Ulug‘ Tursunov ko‘chasi, 80-uy.