"Dok-1 Maks" ishi bo‘yicha sud jarayoni 1 oyga to‘xtatildi

Oliy sud matbuot xizmati “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan qo‘shimacha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar sudida birinchi instansiyada ko‘rilayotgan ushbu jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar tergov organi tomonidan ayblanganligi sababli va boshqa asoslarga ko‘ra, sud tomonidan 2023 yil 1 dekabr kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 416- (sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari) va 417- (jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari) moddalari tartibida ajrim chiqarilib, jinoyat ishiga tegishli ayrim hujjatlar ayblovni to‘ldirish va boshqa shaxslarni ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organiga

Shu tariqa jinoyat ishini ko‘rish 1 oylik muddatga to‘xtatildi.