“Dok-1 Maks”: Shahrisabzlik bemor bola salomatligi tiklanmoqda

“Dok-1 Maks” dori vositasi ichib zaharlangan shahrisabzlik uch yoshli bemor Abdulloh Fayziddinov 2022 yil 23 dekabrdan buyon Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgani va uning holatida ijobiy o‘zgarishlar borligi haqida xabar bergandik.

Markaz mutaxassislariga ko‘ra, kecha bemorning salomatligi bir muncha yaxshilangani tufayli u jonlantirish bo‘limidan, nefrologiya bo‘limiga olingan va davo muolajalari davom etmoqda.

Ayni paytda Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida shahrisabzlik bemordan tashqari “Dok-1 Maks” dori vositasidan zaharlanib murojaat qilganlar yo‘q.