Dollar kursi 9 mingdan ham oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 16 avgustdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 179,00 so‘mga ko‘payib, 9061,00 so‘m tashkil qildi.

Yevro kursi ham 163,84 so‘mga oshib, 10092,14 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli esa 2,09 so‘mga ko‘tarilib, 138,47 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.