Dollar va yevro kursi bu hafta ham oshdi

Markaziy bank 2019 yil 21 avgustdan amalda bo‘ladigan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.

AQSh dollarining rasmiy kursi 323,00 so‘mga qimmatlab, 9384,00 tashkil etdi.

Yevro kursiga 301,58 so‘m qo‘shildi va 10 393,72 so‘mga teng bo‘ldi.

Rossiya rubli 1,63 so‘mga oshib, 140,14 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Shuningdek, bugun 20 avgustdan boshlab tijorat banklari ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd valyuta sota boshladi. Bugungi kunda dollar sotib olish kursi - 9384 so‘m, sotish - 9450 so‘m.