Donbassda o‘t ochishga ruxsat berildi

Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni harbiylarga Donbassdagi ko‘ngilli askarlarga qarata o‘q uzishga ruxsat berdi, deya xabar berdi Ukraina Qurolli Kuchlarining 503-alohida bataloni matbuot xodimi Aleksey Godzenko Facebookda.

"O‘t ochishni taqiqlovchi buyruqlar bekor qilindi. Yangi buyruq – dushmanni o‘ldirish mumkin", deb yozgan u Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy bilan uchrashuvdan keyin.

Jurnalist, shuningdek, front chizig‘ida qo‘yilgan vazifalarni bajarishga "Bayraktar" turk jangovar uchuvchisiz samolyotlarining mavjud barcha komplekslari jalb qilinganini aytdi.

O‘tgan yilning 27 iyulidan boshlab Donbassda o‘t ochishni to‘xtatish, to‘liq taqiqlash, aholi punktlari va yaqinida qurol joylashtirish, hujum, razvedka-qo‘poruvchilik harakatlarini taqiqlashni nazarda tutgan vaqtinchalik sulh amalda edi. Qoidabuzarlik uchun esa intizomiy javobgarlik belgilangan.

O‘t ochishni taqiqlovchi buyruqlar mojaro to‘liq bartaraf bo‘lmaguncha amalda bo‘lishiga qarmasdan, tomonlar o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda.