Do‘rmon ijodkorlari Kattaqo‘rg‘onga keldi

Kattaqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  qoshida tashkil etilgan "Do‘rmon ijodkorlari" klubining sayyor seminar kengashi bo‘lib o‘tdi.

Unda respublikamizning chekka hududlarida yashab, ijod qilib kelayotgan shoirlar hamda ijod olamiga endigina kirib kelayotgan iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

- Kattaqo‘rg‘onda ham ko‘plab taniqli shoirlar, yozuvchilar kamol topgan, - deydi "Do‘rmon ijodkorlari" klubi rahbari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Amir Xudoyberdi. – Dastlab Kattaqo‘rg‘on shahridagi "Marvarid" sihatgohida davolanayotgan keksa otaxon va onaxonlarning holidan xabar olib, ularni ijod namunalarimizdan bahramand qildik. So‘ngra Kattaqo‘rg‘on shahrida tashkil etilgan konsert va qizg‘in ijodiy mushoira kechasi o‘ziga xos tarzda o‘tkazildi. Tumanning yosh ijodkorlari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining yangi asarlaridan namunalar o‘qidi.

Adabiy-badiiy kechada Kattaqo‘rg‘on tumani va shahar hokimlari so‘zga chiqib, bu kabi tadbirlar safi kengayishi, yosh ijodkorlarga har tomonlama ko‘mak berishini ta’kidladi.

Shahriddin Umirov.