DTM saytdagi uzilishlar bo‘yicha abituriyentlarga murojaat qildi
Internet tarmog‘ida yuz berayotgan uzilishlar Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga kirishda murakkablik tug‘dirmoqda va abituriyentlar ruxsatnomalarini yuklab olish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, deb xabar bermoqda DTM axborot xizmati.
Mazkur holat abitur.dtm.uz saytiga kirayotgan abituriyentlar sonining ko‘pligiga bog‘liq emas. Internet tarmog‘i uzluksiz ishlagan taqdirda qancha abituriyent murojaat qilishidan qat’i nazar, abitur.dtm.uz sayti orqali ruxsatnomalarini yuklab imkoniyati mavjud.
Ayni paytda mutaxassislar tomonidan internet tarmog‘idagi uzilishlar sabablarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha zaruriy ishlar olib borilmoqda.
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda.