Dubayda pushti rangli "taksi"lar bor. Ular faqat ayollarga xizmat qiladi

Bir haftalik sayohatim davomida shaharda e’tiborimni tortgan jihat - aholiga jamoat transporti xizmati ko‘rsatishning o‘ziga xos tomonlari bo‘ldi.

Masalan, Dubay ko‘chalarida pushti rangga bo‘yalgan avtoulovlar faqat ayollarga xizmat ko‘rsatadi. Uning haydovchisi ham ayollar. Har bir mashina GPS va favqulodda hodisa tugmachasi bilan jihozlangan. Uni bosish bilan darhol Favqulodda vaziyatlar markaziga ulanarkan.

Aytishlaricha, pushti rangli taksilar 22 yil avval amirlikda ayolning begona odam bilan yolg‘iz qolishi mumkin emasligi jihatidan, ya’ni shariat qoidalari tufayli paydo bo‘lgan. 

Bunday tartibni metroda ham ko‘rish mumkin. Ayol yo‘lovchilar uchun Dubay metrosida maxsus vagonlar mavjud. 

O‘rgansa arzirli tajriba, nima dedingiz? Demak, bizda ham “pushti taksi” tashkil etsa bo‘ladi. Muhimi, ayollarga mo‘ljallangan taksi xizmati tashkil etish uchun qonunchilik yoki boshqa tomonlardan to‘sqinlik yo‘q.

Feruz Yaxshiboyev.