Dunyo o‘quvchilari adabiyot darslarida nimani o‘rganadi?

Adib Abduvohid Xudoyberdiyevning “Amerikadan maktublar” asari yaqinda chop etildi. Asarda ummon orti mamlakati AQShda, bevosita Nyu-York shahrida yashab hayot kechirayotgan xalqlar, jumladan o‘zbekistonlik yurtdoshlarimizning turmush tarzi, ba’zi bir kechirmalari haqida lavhalar keltirilgan.

Muallif tomonidan dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lmasin, o‘qish-o‘rganishning bebaholigi, ilm izlagan insonning qadr va e’zoz topishi alohida ta’kidlangan.

Quyida adibning asaridan parcha beramiz:

Amerika

AQShda adabiyet fanidan yagona o‘quv dasturi yo‘q. Biroq ayrim yozuvchilar va ularning asarlarini har bir amerikalik o‘quvchilar bilishadi. Amerikada eng ommabop beshta kitob quyidagilardan iborat:

1.Har Perlining “Masxara qiluvchini o‘ldir”;

2.Mark Tvenning “Geklberri Finnaning sarguzashtlari”;

3.Uilyam Goldingning “Chivinlar himoyachisi”;

4.Frenses Skotta Fitsdjeraldaning “Buyuk Getsbi”;

5.Nataniela Gotornaning “Qiziqarli maktub” (“Alaya bukva”) asarlari.

Buyuk Britaniya

Angliyada asosan jahonga mashhur shoh asarlar o‘rganiladi. Bular ko‘pchilikka tanish kitoblardan tarkib topgan:

1.Charlz Dikkensning “Buyuk orzular” (Bolshiye nadejdi);

2.Jein Ostinning “Mag‘rurlik va xurofot”;

3.Jona Steinbekaning “Sichqonlar va odamlar haqida”;

4.Meri Shellining “Frankenshteyn”;

5.Sharlotta Brontening “Jeyn Eyr”;

6.Joan Roulingning “Garri Potter va Faylasufning toshlari”.

Germaniya

Bu mamlakatda o‘quvchilarga beriladigan adabiy ta’lim har bir federal hukumat tomonidan tavsiya etiladi. Biroq ularda ham asosan jahonga mashhur bo‘lgan nemis adabiyoti namoyondalari asarlari o‘rganiladi:

1.Gotxold Efraima Lessingning “Dono Natan”;

2.Iogan Volfgang Gyotening “Faust”;

3.Erix Mari Remarkning “G‘arbiy yo‘nalish o‘zgarishsiz”;

4.Ernest Heminguyning “Chol va dengiz”;

5.Frans Kafkaning “O‘tkazish” asarlari.

Xitoy

Xitoy adabiyoti maktablarda to‘rt mumtoz romanlar ishtirokida tuzilgan dastur asosida o‘qitiladi. Bular: yuanlar dramasi, tan poeziyasi, tarixiy hujjatli asarlar, sulolalar tarixi kabi kitoblardan iborat:

1.Konfutsiyning “Donolar suhbati;

2.Mumtoz romanlar: “Uch podshohlik”, “Qizil uydagi u tush”, “Daryo havzalari” va “G‘arbga sayohat”;

3.Tan she’riyati: mashhur mualliflar – Li Bo, Du Fu va Bo Szyuy;

4.Nikolay Ostrovskiyning “Po‘lat qanday toblandi?” asari.

Kolumbiya

Lotin Amerikasi jahonga mashhur yozuvchilar avlodini yetkazib bergan. Ular dunyodagi sehrli realizm ruhidagi janrni olib kirdi. Yuqori sinflarda esa chet el mumtoz adabiyoti namunalari o‘rganiladi. Kolumbiya maktablarida quyidagi asarlar majburiy o‘rgatiladi:

1.Gabriyel Garsia Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili”;

2.Mario Vargas Losining “Oddiy qahramon”;

3.Xulio Kortosaraning “Klassik o‘yin”;

4.Pablo Nerudaning she’rlari;

5.Migel Servantesning “Don Kixot” asari.

Niderlandiya (Gollandiya)

Niderlandiya maktablarida Yevropa maktablariga nisbatan ellik foiz yevropa va niderlandiyalik zamonaviy yozuvchilar asarlari o‘qitiladi.

1.Stefan Mayerning “Oqshom”;

2.Syuzan Kollinzning “Ochlik o‘yinlari”;

3.Filip Potsso Di Bogroning “Ikkinchi imkoniyat” (Mazkur asar asosida “Daxlsizlik” filmi yaratilgan);

4.Anna Frankning “Boshpana. Kundalikdagi xatlar”;

5.Erazma Rottyordamning “Axmoqning maqtovi” asarlari shular jumlasidandir.

Turkiya

Turkiya maktablarida birinchi navbatda o‘quvchilar mamlakat milliy madhiyasining matnini o‘rganishlari tavsiya etilgan. O‘quvchilar mashg‘ulot boshlanishidan oldin, har kuni madhiyani ijro qilishadi. Adabiyot darslarida esa milliy yozuvchilar va qardosh mamlakatlar adiblari ijodi o‘rganiladi:

1.Xo‘ja Nasriddinning hajviyalari;

2.Devon poeziyasi. Mumtoz adabiyot namunalari;

3.Evli Chalabiyning “Sarguzashtlar kitobi”;

4.Ivo Andrichning “Drin ko‘prigi”;

5.Chingiz Aytmatovning “Oq kema”asarlari.