Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Qirg‘iziston bojxonasida ommaviy ishdan bo‘shatish. Bayden yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga "majbur"

🔻 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning amerikalik senatorlar bilan video havola orqali nutqi bekor qilindi. Bu haqda AQSh kongressi rasmiysi ma’lum qilgan. “Zelenskiy bizga qo‘shila olmadi... So‘nggi daqiqada nimadir yuz berdi”, degan Shumer. Bugun dekabr kuni AQSh Senatida Ukrainaga 60 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi ajratish bo‘yicha ovoz berish rejalashtirilgan.

🔻  Qirg‘izistonda jinoyat olamiga aloqador bojxonachilarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish avjida. Raim Matraimov va uyushgan jinoiy guruhga aloqador 58 nafar bojxona xodimi ishdan bo‘shatilgan. Ular orasida mas’ul lavozimlarda ishlayotganlar ham bor.

🔻  Xitoy dunyodagi ilk 4-avlod atom elektr stansiyasini ishga tushirdi. Inshoot sharqiy Shandun provinsiyasida joylashgan.

🔻  Rossiyada "yangi" infeksiya aniqlandi, unga qarshi emlash yo‘q. Xitoyda avj olganidan keyin Rossiyada, shuningdek, bir qator Yevropa mamlakatlarida aniqlangan infeksiyaning asosiy belgilari aytildi: isitma, nafas olish organlarida yo‘tal, burun oqishi, tomoq og‘rig‘i va intoksikatsiya.

🔻  Qirg‘iziston prezidentini “alohida kamtar odam” deb atashdi. Bugun 55 yoshga to‘lgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mansabdor shaxslarga o‘zining tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilishni taqiqlagan.

🔻  AQSh prezidenti Jo Bayden Bostonda, agar o‘zidan oldingi prezident Donald Tramp bu qadamni tashlamaganida, yana davlat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘ymasligini aytdi. “Biz uning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, degan prezident.

🔻  Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyaning uchinchi bosqichini boshlanganini ma’lum qilgan. G‘azo sektori janubidagi eng yirik shahar - Xon-Yunis hududi qurshab olingan”. Qurbonlar soni har kuni oshmoqda.

🔻  Ukraina Rossiya bilan "o‘tirib muzokaralar olib borishga" majbur bo‘lishi mumkin, chunki qarshi hujum istalgan natijalarni bermadi. Diplomatik doiralarda Kiyevga bosim o‘tkazib, muzokara boshlash haqida gap ketayotgani va aynan Britaniya diplomatlari Ukrainaga bosim o‘tkazishi mumkinligi aytilmoqda.

🔻  Italiyada tibbiyot xodimlari butun mamlakat bo‘ylab 24 soatlik ish tashlashi oqibatida 1,5 million operatsiya, diagnostik testlar va boshqalar bekor qilingan. Shifokorlar fuqarolarga faqat shoshilinch yordam ko‘rsatadilar. Talab - mehnat shartnomasidagi qator bandlarni qayta ko‘rib chiqish, ish haqi va pensiyalarni qisqartirishni to‘xtatish.

🔻  Niger Yevropa Ittifoqi bilan harbiy aloqalarini uzib, Niameyda ittifoq missiyasini joylash uchun ruxsatnomani bekor qildi. Nigerdagi missiya 2012 yilda “qo‘zg‘olon va boshqa tahdidlarga qarshi kurashish” uchun boshlangan. Shu kungacha Nigerda 120 ga yaqin yevropalik askar bor edi.

🔻  Ukraina fuqarolarining 44 foizi Rossiya bilan muzokaralarda murosa tarafdori. Respondentlarning 48 foizi muzokaralar g‘oyasini rad etgan.

🔻 Rossiya prezidenti BAAga bordi. Bu yerdagi muzokalardan so‘ng Putin Saudiya Arabistoniga borishi ko‘zda tutilgan. 

🔻  Turkiya g‘arbida dushanba kuni sodir bo‘lgan zilzila yana halokatli ofatni bashorat qiladimi yoki yo‘qligini hozircha aniq emas. Istanbul meriyasining Olimlar kengashi a’zosi Xaluk Eydo‘g‘on aytishicha, xuddi bir seysmik hodisa keyingi - kattaroq zilzila xabarchisi ekanligiga dalil bo‘lmaganidek, kuchli zilzilaning aniq ilmiy usullari mavjud emas. Vaholanki, 2022 yilda Marmara dengizi hududida 3-4,9 magnitudali 29 ta yer silkinishi, shuningdek, 4-5 magnitudali beshta zilzila qayd etilgan.