Dunyodagi eng g‘alati soliqlar

Odamlar nimalarni o‘ylab topmaydi, deysiz: g‘alati odatlar, g‘alati soch turmaklari, g‘alatiqonunlar... Ular orasida bir vaqtning o‘zidabyudjetga sezilarli foyda keltiradigan (yokiolib keladigan) g‘alati soliqlar ham bor. Ba’zihollarda bunday soliqlar ko‘proq ijtimoiy rolo‘ynaydi, boshqalarida esa - sof byudjet. Nima bo‘lsa-da, ular g‘alatilikdan xoli emas.

Xitoy. Chyekish majburiy soliq tushumlari

Chekuvchilar o‘zlarining tobeliklari uchun haq to‘laydilar. Aslida rasmiy ravishda yuqorisoliqlarning maqsadi odamlarga chekishdan voz kechishga yordam berish, lekin g‘azna bundan juda xursand. Xitoyning Xubey provinsiyasi bumasalaga boshqacha yondashishga qaror qildi.

Sigaret solig‘i saqlanib qolindi, ammo majburiysotish kvotalari joriy etildi. Boshqacha qilibaytganda, Xitoy iqtisodiyoti tezroq tiklanishi uchun bir vaqtning o‘zida ko‘proq sigaret sotibolib, tutunlatib chekishingiz kerak. Bu davlatga moliyaviy foyda keltiradi. Jahon sog‘liqnisaqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagihar uchinchi sigaret Xitoyda chekilar ekan.

Avstriya. Gips solig‘i

Agar siz Avstriyaga sayohatga borib, chang‘i uchishgaqaror qilsangiz, gips solig‘ini to‘lashga tayyorbo‘ling. Daromadlar boshqa joyga ketib qolmasdan shu yerning o‘zida chang‘i uchib, shikastlanganlargayordam ko‘rsatadigan tibbiyot muassasalarihisobiga o‘tadi.

Ushbu "gips solig‘i" har yili jarohat olgan 150 mingga yaqin chang‘i uchuvchilariga yordam beradi va shifoxona xarajatlari bosimini yengillashtiradi.

Belgiya. Barbekyu solig‘i

Yozgi mavsumga mos keladigan yangilik - barbekyu mavsumi. Belgiyada qo‘rada go‘sht pishirish uchun 20 yevro miqdorida maxsus soliq joriy etildi. Maqsad - global isishdan himoya qilish. Chunki bunday tutunlar atrof muhitga juda ko‘p zararchiqaradi.

Vallon o‘lkasi hukumati ochiq havoda barbekyu tayyorlamoqchi bo‘lgan har bir kishidan 20 yevro to‘lashga majbur qildi va bu to‘lov har gal olinadi. To‘lovdan qochish qiyin - "qo‘ralar" haroratsensorlari bilan jihozlangan vertolyotlaryordamida havodan patrul qilinadi.

Balear orollari. Quyosh solig‘i

Siz Mayorka, Menorka yoki Ibitsada sayohatga chiqishni orzu qilganmisiz? Mabodo shu joylarga safar qilish niyatingiz bo‘lsa, u yerdagi har bir kun uchun 1 yevro to‘lashga tayyor turing. Bu yevrolarniquyosh solig‘i uchun to‘lagan bo‘lasiz. Nomlanishichiroyli, lekin aslida bu turistik soliq, barcha tashrif buyuruvchilar uni to‘laydi.

Orollarga har yili 10 millionga yaqin kishi tashrif buyurishini hisobga olsak, olingan pul byudjetni sezilarli darajada to‘ldiradi. Pullarsayyohlik infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash, plyajlarni tozalash va hokazolarga sarflanadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.