Dunyodagi eng g‘aroyib va quvnoq festivallar

Qaysi festivallar dunyodagi eng chiroyli va quvnoq? Sivilizatsiyaning dastlabki yillarida odamlar ona tabiatni “rozi qilish” usuli sifatida har xil marosimlarni o‘ylab topishgan. Vaqt o‘tishi bilan dinlar va e’tiqodlar o‘zgarib, kengayib bordi. Bugungi kunda dunyo global bir qishloq bo‘lib, odamlar dini, tabaqasi va millatidan qat’iy nazar marosim va tadbirlarni birgalikda o‘tkazib bayram qilib kelmoqda.

10 красивых фестивалей, которые являются визуальным наслаждением.

Bugun ko‘zlarni quvontiradigan, kishiga o‘zgacha ilhom bag‘ishlaydigan go‘zal festivallar bilan tanishamiz.

“Alvon yelkanlar”Oq tunlar festivali, Rossiya

Sankt-Peterburg shahridagi Shimoliy qutb doirasi hududlaridayarim kechdagi oydinda “Oq tunlar” xalqaro san’atfestivali nishonlanadi.Festivalning asosiy diqqatga sazovornuqtasishuki, otashin shou o‘rtasida suvda atrofida ajoyib chiroqlar bilan yoritilgan qirmizi rangli “Alvon yelkanlar” kemasi paydo bo‘ladi.

10 красивых фестивалей, которые являются визуальным наслаждением.10 красивых фестивалей, которые являются визуальным наслаждением.

O‘yin-kulgi, kuy-qo‘shiqlar bilan birga maktab va uning qoidalaridan ozod bo‘lganidan darak beruvchi bitiruvchilar Neva bo‘ylab sayohatga chiqadi. Bu an’ana Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlangan va har yili yozda o‘tkaziladi.

Qishgi yorug‘lik festivali, Yaponiya

“Kishki illyuminatsiya” festivali butun Yaponiya bo‘ylab noyabrdan mart oyigacha boshqa ko‘plab turli-tuman festivallar qatori qish mavsumida issiqxonalar, bog‘lar va maxsus yorug‘lik tunneliga ega Nabano No Sato bog‘i joylashgan Kuvana shahrida o‘tkaziladi.

10 красивых фестивалей, которые являются визуальным наслаждением.

Kunduzi quyosh energiyasidan quvvatlanadigan millionlab nur sochuvchi LED lampalarining hammasi bir vaqtda yonib, ajoyib sahnalarni yaratib turgan paytda, uchqunlar quruqlik va suvlar ustida porlab, mavzuga asoslangan kuchli tasvirlar va landshaftlarni yaratadi va bog‘ni qaysidir ertakdan chiqqan ajoyib mamlakatga aylantiradi.

Xalqaro havo sharlari festivali, AQSh

Har yili o‘tkaziladigan ushbu ajoyib festivalda yuzlab har xil shakl, o‘lcham va turli ranglarda bezalgan sharlar havoda uchirilib, to‘qqiz kun davomida osmonni qoplaydi.

10 красивых фестивалей, которые являются визуальным наслаждением.

Propan gorelkalari bilan yoritiladigan qo‘zg‘almas sharlar juda go‘zal manzarani aks ettiradi. Hammasi 1972 yilda Albukerk shahridagi770 KKOB radiostansiyasining ochilishini nishonlash bilan boshlangan edi. Bugun esa bu festival dunyodagi eng katta va eng chiroyli sharlar bayramiga aylangan.

Holi, Hind halqlari

10 красивых фестивалей, которые являются визуальным наслаждением.

Hindiston bu ranglar maskani va bu yerda eng go‘zal bayramlardan biri – Holi dunyoga kelgan. Odamlar Gulal, Aabir deb nomlanadigan kukun shaklidagi bo‘yoqlarni bir-birlari ustiga sochib bayram qilishadi. Bu bahor  faslining kayfiyatiga, sevgi va ranglar mavsumiga to‘liq mos keladi.Gulxan yoqib yovuz ruh Xolikaning o‘limininishonlash bayramning muhim qismidir. Umuman olganda odamlar ulug‘vor Holi paytida ranglar jilosida,bir-birlariga bo‘lgan muhabbat izhori orqali hayotdan zavqlanishadi.

Dunyoda nishonlanadigan boshqa yana ko‘plab ajoyib festivallar mavjud. Dabdabali va go‘zal bayramlar ana shunday tantanalar natijasida erishilgan ichki xotirjamlik va baxtning ko‘zgusi. Bayramlarning haqiqiy ruhini his qilish uchun barcha diniy yoki irqiy chegaralar yoki cheklovlarni chetlab o‘tib, ochik ko‘ngil bilan birlashish - ularni nishonlashning eng yaxshi usulidir.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.