Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyoga mashhur aktyor bolalari uchun yiliga 16 million dollar aliment to‘laydi

AQShlik dunyoga mashhur aktyor Bred Pitt sobiq xotini Anjelina Joliga bolalari voyaga yetguncha ularning tarbiyasi uchun yiliga 16 million AQSh dollari to‘laydi.

Bu mablag‘ bolalar yashaydigan ikkita pentxaus va katta bir villaning solig‘ini to‘lash, shuningdek bolalarga qaraydigan to‘rtta enaganing maoshlari, bolalarning kundalik hayoti uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar va kundalik ehtiyoj mahsulotlari sotib olish uchun sarflanadi.

Ushbu moliyaviy kelishuvga har ikki tomon o‘zaro rozichilik bilan imzo qo‘yishgan. Har ikkalasining yaqinlari guvohlik berishlaricha, Bred va Anjelina hozir o‘zaro do‘stona aloqalarni saqlab qolishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda o‘zaro ajrashgan Bred Pitt va Anjelina Joli aliment masalasida o‘zaro kelisha olmay kelayotgan edilar. Sababi, shu paytgacha Bred taklif etayotgan mablag‘ Anjelinani qanoatlantirmagan. Nihoyat, endi har ikki taraf o‘zaro yechimga kelishdi.