Dunyoning eng yangi mo‘’jizanamo binolari

Bu binolarga bir qarang-a, ular o‘zining aql bovar qilmas darajadagi dizayn chiziqlari bilan kishi tasavvurini buzadi. Bizning sivilizatsiyamiz bunday me’moriy durdonalar bilan faxrlansa arziydi.

The Lotus Building - Chanchjou, Xitoy

Новейшие чудеса света! Эти здания Вы не забудете никогда)

Yaqinda Chanchjou shahridagi ko‘lning o‘rtasida Lotos (nilufar guli) shaklidagi bino “o‘sib” chiqdi. Me’mor o‘z ijodida yilning istalgan paytida va har qanday ob-havo sharoitida ham atrofdagilar kayfiyatini ko‘tarishni istagan. Shu sababli bino turli ranglarda va yorqin ifodalangan.
“Nilufar”ning ichida shahar idorasi joylashgan.

Tog‘lardan oqib kelayotgan mehmonxona

Новейшие чудеса света! Эти здания Вы не забудете никогда)

Hozircha bu faqat loyiha, biroq u e’tiborga loyiqdir. Bu mehmonxonaning qurilishi Alp tog‘larida rejalashtirilgan. Muallif Andrey Rojkoning fikricha, bino tog‘lardan oqib tushayotganday bo‘lib ko‘rinadi, unda aks etgan quyosh nurlari yo‘nalishini o‘zgartirib, ajoyib manzara namoyon etadi.

Kub shaklidagi uylar - Rotterdam, Niderlandiya

Новейшие чудеса света! Эти здания Вы не забудете никогда)

Rotterdamning Overblaak ko‘chasida 40 uydan iborat g‘ayrioddiy qurilma bor, ularni ko‘rgan kishi dunyo tubdan ag‘darilganiga amin bo‘ladi. Me’mor Pit Blum o‘ylaganidek, har bir uy 45 darajaga burilgan. Ichida turar joy kvartiralari bor. Qiziq, bu uylarning ichkarisida yashash qanday ekan?

Fan va san’at shahri - Valensiya, Ispaniya

Новейшие чудеса света! Эти здания Вы не забудете никогда)

Zamonaviy arxitekturaning yana bir ajoyib namunasi Valensiya bog‘i o‘rtasidagi suvda qad rostlagan. Nihoyat darajadagi futuristik inshoot xuddi kelajakdagi shahar kabi ko‘rinadi va qaysidir fantastik hayvonning skeletini eslatadi.
Kompleks besh tuzilmadan - sahna, kinoteatr, bog‘, ilmiy muzey va okeanografik bog‘dan iborat.

Gaydar Aliyev markazi - Boku, Ozarbayjon

Новейшие чудеса света! Эти здания Вы не забудете никогда)

Gaydar Aliyev markazi Bokudagi zamonaviy inshootlar orasidagi eng hayratlanarli va taniqli bino bo‘lsa kerak. “O‘zga sayyoraliklar” shakllariga bo‘lgan munosabati bilan mashhur mohir me’mor Zaha Hadid bu arxitektura asarini deyarli to‘g‘ri chiziqlarsiz yaratgan.
Markaz ichida ko‘rgazma markazlari va ofislar faoliyat olib boradi.

"Emporia" savdo markazi - Malmyo, Shvetsiya

Новейшие чудеса света! Эти здания Вы не забудете никогда)

Bu savdo markazi – Skandinaviyaning eng yirik va dunyodagi eng hayratomuz markazlaridan biridir. Bino o‘rtasidan go‘yo yulib olingandek, kishiga bino qulayotgani kabi taassurot qoldiradigan “bo‘shliq” bor. Inshoot ichkarisidagi rang-barang eskalatorlar, belanchakli skameyka va osma bog‘lar nigohingizni o‘ziga tortadi.

"Capital Gate" – Abu Dabi, BAA

Новейшие чудеса света! Эти здания Вы не забудете никогда)

160 metr balandlikdagi osmono‘par bino shahardagi eng baland binolardan biriga aylandi. Muhimi "Capital Gate" Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng baland qiya burchakli bino sifatida kiritilgan. U 18 darajani tashkil qiladi (Ma’lumot uchun: Pizan minorasi faqat 4 daraja). Shuningdek, osmono‘par bino “suyanib turgan” yoki “qulayotgan minora” nomini ham olgan.

Kunstxaus - Grats, Avstriya

Новейшие чудеса света! Эти здания Вы не забудете никогда)

Bu zamonaviy san’at galereyasi “Do‘stona o‘zga sayyoralik” deb nomlanadi. Tashqaridan bu tuzilma kit yuragi yoki dirijablni eslatadi.
Kunstxaus muzeyi biomorf - geometrik fraktallardan tarkib topgan bino, ijodkor uning yaratilishida biologik ob’yektlarning shakllaridan ilhomlangan. “Kelgindi” kechalari porlab turadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.