Yegulik va dorilar qatori kitobni ham reklama qilaylik!

Bu gap yozuvchi Karimberdi To‘ramurodning publitsist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Nusrat Rahmat bilan suhbatlari jamlangan “Marafoncha yugurish” nomli kitobining taqdimot marosimida takror-takror tilga olindi.

“Samarqand kitob olami” majmuasida tashkil etilgan tadbirda taniqli ikki ijodkorning muxlislari, yaqinlari, kitobsevarlar ishtirok etdi.

- Bu kitob Mustaqilligimizning 30 yilligi hamda Nusrat Rahmatning 80 yillik yubileyiga to‘yona sifatida nashrdan chiqarildi, - deydi jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev. – Kitob chop etilishidan oldin uni o‘qib chiqdim. Menga mas’uliyatli ish - so‘zboshi yozish yuklatilgan edi. Ustoz Nusrat Rahmatni qaytadan kashf qildim. Uning adabiyot, she’riyat, jurnalistika, jamiyat, inson umrining mazmuni to‘g‘risidagi suhbatlaridan ibrat oldim.

Taqdimot marosimida yoshlarning mutolaaga qiziqishini oshirish uchun ko‘proq adabiyot kechalarini, dori darmon, osh va boshqa yeguliklar haqidagi ko‘rsatuv va eshittirishlar, reklamalar qatori kitob targ‘iboti tadbirlarini o‘tkazsa maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlandi.

To‘lqin Siddiqov,

Baxtiyor Mustanov.