Ehtiyotsizlik oqibatida ikki oyog‘idan ayrilib, xotirasini yo‘qotgan ayol Vatanga qaytarildi
O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi hamkorligida G.N. ismli fuqaro "Novosibirsk – Samarqand" aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarildi.
Bundan bir necha yillar ilgari ishlash maqsadida Novosibirsk shahriga borgan fuqaroning hayoti shifokorlar yordamida saqlab qolindi. Bundan tashqari, u xotirasini ham yo‘qotdi.
Fuqaroga Bosh konsulxona tomonidan “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirildi, homiylik mablag‘lari hisobidan aviachipta sotib olishga ko‘maklashildi.