Eldor Shomurodov — "Istanbul Bashakshehir" futbolchisi

Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi Eldor Shomurodov transferini rasman e’lon qildi.
Shu vaqtgacha Italiyaning "Roma" klubidan o‘ynagan 30 yoshli hujumchi turk klubiga hozircha ijaraga asosida o‘tdi. Ijara qiymati — 3 million yevro. Istanbul jamoasi o‘zbekistonlik futbolchini 2,7 million yevro evaziga sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, shartnomada Shomurodovning keyinchalik sotilishidan rimliklar 10 foiz ulushga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Eldor o‘tgan mavsumda A Seriyada 27 ta o‘yinda 4 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, "Istanbul Bashakshehir" o‘tgan mavsumda Turkiya Superligasida 5-o‘rinni band qilgan.