Elektr energiya va tabiiy gaz iste’moli shartnomaviy miqdordan oshganda hisoblanadigan summa kamaytirildi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra:
Endi hisob-kitob davrida iste’molchilar tomonidan (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasi iste’moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi.
Eski tartibda "Hisob-kitob davrida iste’molchilar tomonidan (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasi iste’moli shartnomaviy miqdordan 10 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning ikki baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov undirish" ko‘zda tutilgan edi.