Endi o‘rmon yerlarini ijaraga olish mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 dekabrda “Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risiga nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosi yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari A.Nurqulov tomonidan chora-tadbirlar dasturi belgilandi.

Unga ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun o‘rmon fondi uchastkalari (ularning bir qismi) ijaraga beriladi.

Davlat o‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish Nizomda belgilangan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. O‘rmon fondi uchastkalarini ijaraga berish to‘g‘risidagi takliflar o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan Qo‘mitaga elektron shaklda, uning hududiy organlari orqali bir oy muddatda taqdim etiladi.