Samarqanddan Mineralnie vodi shahriga aviareyslar yo‘lga qo‘yildi
Ushbu shahar Rossiyaning ma’danli suvlari bilan mashhur bo‘lgan Jeleznovodsk, Pyatigorsk, Yessentuki, Kislovodsk kabi shaharlaridan biri. 23 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:26 da Mineralnie vodi shahridan uchgan samolyot "Samarqand" xalqaro aeroportiga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, ekipaj va yo‘lovchilar terminalda tantanali ravishda kutib olindi.
"Mineralnie vodi — Samarqand — Mineralnie vodi" yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar "Sukhoi Superjet 100" samolyotida haftada bir marta - dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bu reysning yo‘lga qo‘yilishi nafaqat Samarqand turizmi uchun, balki samarqandliklarni sog‘lomlashtirish uchun fuqarolarning u yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri borish imkonini beradi.