Endi taksilar osmonda ham yuradi

Germaniyaning Oberpfaffenxofen shahridagi aerodromda besh o‘rindiqli uchar taksi qurilmasi sinovi bo‘lib o‘tdi.
Uchar taksi qurilmasini Lilium kompaniyasi yasagan. Rejalarga ko‘ra 2025 yilgacha ushbu uchar taksilar xizmati kamida Germaniyaning ikkita shahrida joriy etiladi.
Uchar taksi qurilmasining sinov jarayonida, unga 1.5 tonna og‘irlikdagi yuk ortildi va shu holatda u turli xil manyovrlar qildi. Uchar taksi qurilmasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Uchar taksi qurilmasi o‘z tezligini soatiga 300 km/soatgacha oshira oladi.
Ushbu uchar taksi qurilmalarini yasagan kompaniya uni erkin bozorda sotish niyati yo‘qligini, uchar apparatdan faqat taksi xizmatlari uchun foydalanishlarini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Airbus kompaniyasi ham uchar taksi qurilmasi ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi.