Endi vazir o‘rinbosarlarining 70 foiz ishi tumanda bo‘ladi
Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) joriy etiladi. Ish haqi ham ularning ijrosiga bog‘lanadi.
Ushbu rahbarlar bir hafta muddatda xalqqa murojaat qilib, rejalarini oddiy tilda tushuntiradi hamda o‘ziga katta mas’uliyat va javobgarlik oladi.
Endi vazir o‘rinbosarlarini 70 foiz ishi tumanda bo‘lib, ular vazirlik uchun belgilangan KPI ijrosini joyida tashkil qiladi.
Belgilangan rejalarga erishish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi: vazirlik va idora rahbarlarining hisoboti har haftada Hukumat rayosatida, har chorakda esa Oliy Majlisda ko‘rib chiqiladi.