Endilikda niqobsiz bo‘lgan shaxslar transport vositalari saloniga chiqarilmaydi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Transport vazirligi va boshqa qator manfaatdor tashkilotlar taklifiga binoan respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra yo‘nalishli avtobus haydovchilari (konduktorlari) va metro kuzatuvchilari niqobsiz bo‘lgan shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik (kiritmaslik) choralarini ko‘rishi belgilandi.

Shuningdek, muntazam ravishda mikrofon orqali shaxslarni mas’uliyatni oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borilishi, jamoat transportlarining oxirgi bekatida dezinfeksiya-tozalash ishlarini amalga oshirilishi zarurligi ko‘zda tutilmoqda.

Temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda esa sanitariya-epidemilogiya talablariga amal qilinishini qat’iy nazoratga olinishini, shu jumladan, dezinfeksiya va tozalash tadbirlarini muntazam ravishda yo‘lga qo‘yilishi ta’minlanadigan bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.