Eng foydali besh mahsulot

Olimlar aniqlagan eng foydali 10 ta oziq-ovqat mahsulotining 5 tasi bizning tuproqda yetishtirilarkan. Marhamat, tanishing:

Sabzi. U eng arzon va eng foydali mahsulot. Ko‘z nuri va o‘pkaning sog‘lom faoliyatini uzaytirmoqchi bo‘lganlar uchun sabzi eng maqbul tanlov.

Ismaloq. Uning inson ruhiy va jismoniy kamolotida alohida o‘rni bor. U tanada har xil o‘smalar paydo bo‘lishining oldini oladi, suyaklarni mustahkamlaydi, qarishga qarshi samarali vosita.

Anorning yurak faoliyatidagi hissasi beqiyos. Qondagi gemoglobin miqdorini oshiradi. Oshqozonida muammosi bor bemorlar esa anor iste’molida ehtiyot bo‘laverishsin.

Sarimsoq - tanim sog‘, degan iborani eshitganmisiz. Demak, amal qiling!

Limon - go‘zallik va salomatlik ramzi bo‘lgan bu mevaning har bir dasturxonda mavjudligi xonadon ahlining immuniteti mustahkam, yurak va buyrak faoliyati maromida bo‘lishini ta’minlaydi.