Eng g‘alati kasblar
Dunyoda odamni taajublantiradigan kasblar oz emas. Bugungi tanlovda dunyodagi eng g‘alati kasblar haqida.
Asalarilar qirolichasining vasiysi
Asalarilar qirolichasi (ona asalari)ning vasiysi (“qo‘riqchisi” desa ham bo‘ladi) uni xavfsiz va sog‘lom bo‘lishi hamda asalarilar avlodini davom ettirishi uchun zarur bo‘lgan ozuqa bilan ta’minlashi kerak. Bu kasb nafaqat g‘ayrioddiy, balki juda foydalidir. Negaki, asalari dunyodagi muhim jonzotlar sifatida tan olingan.
Maymun quvuvchisi
Bu kasb egalarining xizmat vazifalariga ekskursiyalar paytida sayyohlarga shilqimlik qiladigan maymunlarni haydab chiqarish kiradi. Bunday odamlar Hindistonning Amanbagh mehmonxonasida ishlaydi.
Ajinlar silliqlovchisi
Hashamatli do‘konlar xodimlari poyabzaldagi mijozlar tomonidan qayta-qayta kiyilishi natijasida paydo bo‘ladigan ajin va burmalarni tekislash bilan shug‘ullanadi.
Yollangan qarindosh
Do‘stlar yoki qarindoshlarni yollash bo‘yicha xizmat rasman o‘tgan yili Xitoyda paydo bo‘ldi. Ko‘pincha odamlar boshqalar oldida o‘z maqomini saqlab qolish maqsadida to‘y kuni, tug‘ilgan kuni yoki boshqa tadbir oldidan ko‘p odam "bo‘lishi kerak"ligi uchun buyurtma berishga borishadi. Norasmiy ravishda bunday xizmatlar butun dunyo bo‘ylab ancha vaqtdan beri bor.
Chumoli yetishtiruvchisi
U maxsus chumoli fermalari uchun eng yaxshi chumolilarni tanlab, tutib yetkazib beradi. Bunday hasharotlar chumoli zahrini ajratib olish uchun yetishtiriladi, keyinchalik ular tibbiyotda yoki oziq-ovqat uchun ishlatiladi.
Pingvin ag‘darib qo‘yuvchisi
Sayyorada faqat 2 kishi bu kasbga egalik qiladi. Gap shundaki, Qutb stansiyalari yaqinida yashovchi pingvinlar uchib o‘tayotgan samolyot va vertolyotlarga qarash uchun osmonga qarash chog‘ida orqaga yiqiladi va inson aralashuvisiz tura olmaydi. Ag‘darib qo‘yuvchilar samolyot havoga ko‘tarilgandan yoki qo‘ngandan so‘ng, aerodrom bo‘ylab yiqilgan pingvinlarni oyoqqa qo‘yib chiqishadi. Aks holda, hayvonlar nobud bo‘ladi.
Chivinlar tutuvchisi
Bunday odam shunchaki chivinlarni ushlamaydi, balki ularning o‘zining qonini so‘rishini kutadi, keyin maxsus so‘rg‘ich bilan qon so‘ruvchi qonini oladi. Bu nima uchun qilinadi? Odamning bezgak bilan qanday kasallanganligi haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumot to‘plash uchun. Bu esa xavfli kasallikni davolashga yordam beradigan samarali dori-darmonlarni topishga yordam beradi. Chivin to‘plovchining o‘rtacha “samaradorligi” kuniga 3000 hasharotni tashkil qiladi. Tasavvur qila olasizmi, bu bechoralar qancha tishlanishlari kerak?
Davomi bor.