Eng iqtidorli yosh bankirlar Prezident Akademiyasida o‘qiydi
- 11.03.2019 10:33
- 177
- Iqtisodiyot

Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand Davlat universiteti bilan hamkorlikda "Eng iqtidorli yosh bank xodimi" tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Tanlovning birinchi bosqichi barcha banklarning yosh xodimlari o‘rtasida o‘tkazilib, ulardan 84 nafar nomzod tanlab olindi. Tanlovning ikkinchi bosqichida onlayn testlar natijasiga ko‘ra 44 nafar yosh bankir keyingi bosqichga saralab olindi.
Uchinchi bosqichda nomzodlar kasbiy bilim malakasi, ya’ni iqtisodiyot, bank ishi, investitsiya, biznes va boshqa iqtisodiy sohalar bo‘yicha baholanmoqda. Sinovda eng yuqori ball to‘plagan 19 nafar yosh bank xodimi shu yil mart oyining oxirgi haftasida o‘tkaziladigan final bosqichida mahoratlarini sinovdan o‘tkazadi. Ular orasidan bir nafari tanlab olinadi.
Eslatib o‘tamiz: Tanlovning finalida ishtirok etgan 19 nafar yosh bankirga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Samarqand filialida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida “Innovatsion boshqaruv” va “Boshqaruv mahorati” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish uchun yo‘llanma beriladi.
Husan ELTOYEV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Misr tamadduni qachon boshlangan?
- Bugun, 17:53
- O'qing, qiziq!