Eng katta va juda kichik miya
Miya tanadagi sezgi a’zolaridan olinadigan sensor ma’lumotlarni qayta ishlash, rejalashtirish, qaror qabul qilish, muvofiqlashtirish, vosita nazorati, hissiyotlar, e’tibor va xotira kabi funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
ADVICE.NEWS dunyodagi turli jonzotlar miyasi haqidagi qiziqarli faktlar bilan o‘rtoqlashdi.
Ehtimol, dunyoda eng kichik miya hasharotlarnikidir. U 1 millionga yaqin neyronni o‘z ichiga oladi (inson miyasida 86 milliardga yaqin neyron mavjud).
Shu bilan birga, olimlarning fikriga ko‘ra, Yerdagi eng katta miya kashalot kiti kabi dengiz sut emizuvchisida mavjud. Og‘irligi taxminan 45 tonna keladigan kashalot miyasining og‘irligi o‘rtacha 8 kilogrammga teng va miyasining massasi tanasi massasiga nisbati taxminan 5500/1ni tashkil qiladi.
Chumolining miyasi qanaqa?
Chumolilar miyasining tuzilishi unchalik g‘ayrioddiy bo‘lmasa-da, u hali ham olimlarni hayratda qoldirib kelmoqda. Ularning miyasi asosan ma’lumotni qabul qilish va o‘ylash uchun mo‘ljallangan uchta assotsiativ hujayra -gangliylardan iborat.
Qaysi jonzotlar miyasiz yashaydi?
Dengiz yulduzlari kabi mavjudotlarning tana tuzilishi umuman asab tizimining mavjudligini ko‘zda tutmaydi.
Agar meduzalar haqida gapiradigan bo‘lsak, ularda asab tizimi bor, biroq miyasi yo‘q.
Shu bilan birga, meduzalarning bir turi hatto uxlashi mumkin - miyasiz hayvonlarning uyquga ketishining o‘zi noyob holat.
Qaysi jonzot odamdan ko‘ra aqlliroq?
Shimpanzelar aqliy qobiliyatlari bilan odamlarga juda o‘xshash va boshqa jonzotlar orasida odamlardan keyingi taassurot qoldiradigan ko‘nikmalarning butun majmuasi - kognitiv qobiliyatlariga ega.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.