Eng ko‘p osmono‘par binolar qayerda joylashgan?
Ko‘plar bu savolga Amerikaning Nyu-York shahri deb javob beradi. Aslida esa bu shahar reytingda faqat uchinchi o‘rinni egallab turadi.
Yana kimdir Dubayda deb aytar, lekin Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik shahri juda baland binolar soni bo‘yicha birinchi uchlikka ham kirmaydi.
Balki Pekin yoki Shanxay osmono‘par binolar soni bo‘yicha yetakchilik qilayotgandir? Yo‘q! Tokio, Mumbay, Los-Anjeles va Chikago ham noto‘g‘ri javoblar.
Aniqlanishicha, balandligi 150 metrdan, qavatlari soni 40 dan ortiq bo‘lgan binolar soni bo‘yicha Gonkong yetakchilik qilar ekan.
Gonkongda nechta osmono‘par bino bor?
Xitoy Xalq Respublikasining maxsus ma’muriy hududida 558 ta osmono‘par bino bor. Xalqaro tijorat markazining 484 metrli binosi ular ichida eng balandi bo‘lib, inshoot 118 qavatdan, agar yer osti qavatlari qo‘shib hisoblansa 122 qavatdan iborat.
Ushbu osmono‘par bino jahon reytingida 13-o‘rinni egallaydi.
Yana qaysi shaharlarda osmono‘par binolar ko‘p?
Eng ko‘p osmono‘par binolar joylashgan aholi punktlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni Xitoyning Shenchjen shahri egallaydi. Bu shaharda 415 ta juda baland binolar qurilgan.
Birinchi beshlikka, shuningdek, Nyu-York (318 ta), Dubay (263 ta) va Guanchjou (194 ta) shaharlari kiradi.