Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eng tartibli harbiy haydovchi kim?

Samarqand garnizonida joylashgan 13060-harbiy qismda Samarqand harbiy prokuraturasi hamda Samarqand garnizoni harbiy avtomobil nazorati hamkorligida “Eng tartibli yosh haydovchi” tanlovi tashkil etildi.

Dastlab Samarqand harbiy prokurori, adliya polkovnigi O.O‘sarov, Samarqand garnizoni harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi boshlig‘i, mayor G‘.G‘iyasovlar bugungi kunda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, harbiy xizmatchilarning bu boradagi  faolligi hamda bilim va malakalarini oshirish dolzarb masala ekanini ta’kidladi.

Shundan so‘ng 20–30 yoshli harbiy xizmatchilar kasbiy mahorati, yo‘l harakati qoidalari talablariga rioya qilish ko‘nikmasi, harbiy haydovchilar orasidagi mavqei, soha bo‘yicha nazariy va amaliy bilim salohiyati, iqtidori, shuningdek, zirhli harbiy texnikalar va avtomobillarning tuzilishi, taktik-texnik tavsifi, ularni ta’mirlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Yakunda birinchi o‘rinni oddiy askar A.Rayimboyev qo‘lga kiritdi. Yosh harbiy xizmatchilar - O.Bahromov va M.Niyozov keyingi o‘rinlarga loyiq topildi.

Akbar Abduxalilov.