Sun’iy yo‘ldoshlarni uchiradigan zambarak
Xitoyda sun’iy yo‘ldoshlarni kosmosga uchiradigan elektromagnit to‘p yaratish nihoyasiga yetmoqda.
Aslida bu Jyul Vern o‘z asarida bir paytlar ilgari surgan xayoliy g‘oyaning amaldagi ro‘yobidir. Mashhur fantast shu tariqa Yerda ulkan zambarakdan otilgan raketa - snaryadda odamlarni Oyga uchishirishni taklif etgandi.
To‘g‘ri, tez orada odamlarni bunday snaryadlarda tirik qolmasligi, buning ustiga raketani nafaqat Oyga, balki Yer orbitasiga chiqarishga ham quvvat yetishmasligi ma’lum bo‘ldi.
Ammo hozir elektronika va texnika rivojlanishi bilan ko‘p narsa o‘zgardi. Bunday zambarakni qurishni uddasidan chiqa olmagan AQSh xitoyliklarni tanqid qilayotgan bo‘lsa-da, Xitoy yo‘ldoshlarni kosmosga uchiradigan zambarak xarajatlarni qisqartirib, ancha arzonlashtirishni aytmoqda.
Arvohlar ta’qibi
Zimbabvening Bulavayo shahrida yashovchi oila ularga ko‘zga ko‘rinmas arvohlar tinchlik bermayotganidan arz qilmoqda.
Bobo va momo hamda 3 farzand o‘tgan yilning noyabr oyidan beri ularga arvohlar taxdid qilayotganini ta’kidladi. Ular yashayotgan uyda g‘alati hodisalar sodir bo‘lyapti: eshik va derazalar o‘z-o‘zidan ochilib ketadi, buyumlar birdaniga uchib, havoda g‘oyib bo‘ladi va yana paydo bo‘ladi. Chiroq o‘zi yonib, o‘zi o‘chib qoladi. Bolalar esa uyg‘onganda sochlari olingan bo‘ladi. Bir kuni bir bolani oyog‘i pichoqlandi.
Politsiya ham, folbinlar-u mullalar ham bechora oilaga yordam berolmayapti. Aksincha, din peshvolari aralashgach, ko‘zga ko‘rinmas tahdidlar badtar kuchaydi, oila boshqa shaharga ko‘chib ham bu ko‘rinmas tajovuzkorlardan qutulolmayapti.
T.Shomurodov tayyorladi.