Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Eng ulug‘, eng aziz’’ tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlanmoqda (foto)

Viloyat Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan ’’Eng ulug‘, eng aziz’’ tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Tantanali tadbirda shoir va yozuvchilar, san’atkorlar, rassomlar va foto ustalari, OAV vakillari ishtirok etyapti.

Tanlovning 6 ta nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 18 nafar ijodkorlar munosib taqdirlanmoqda.

Tadbir doirasida tasviriy san’at asarlari, kitoblar, gazeta va jurnallar ko‘rgazmasi tashkil etilgan.

Saytimizni kuzatib boring. G‘oliblar ruyxati e’lon qilinadi.

T. SIDDIQOV
B.MUSTANOV (foto)