Eng yirik chuchuk suv zaxiralariga ega mamlakatlar

Chuchuk suv dunyodagi eng muhim resurslardan biri, biroq u bir tekis taqsimlanmagan. Ba’zi mamlakatlar ko‘llar, daryolar va muzliklarga boy bo‘lishi bo‘lishi mumkin, ammo ayrimlari jiddiy suv tanqisligiga duch kelmoqda.
Infojadvalda Jahon banki ma’lumotlari asosida mamlakatlar bo‘yicha qayta tiklanishi mumkin bo‘lgan chuchuk suv resurslari ko‘rsatilgan. Taxminlarga ko‘ra, chuchuk suv sayyoramizdagi umumiy suvning atigi 2,5 foizini tashkil qiladi, uning ko‘p qismi muzliklar va yer ostida qolib ketgan.
Braziliya (dunyodagi chuchuk suvning 13%i) Amazon havzasi tufayli qayta tiklanadigan chuchuk suv zaxiralari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Bu dunyodagi daryolar oqimining taxminan beshdan bir qismini tashkil qiladi.
Rossiyaning chuchuk suv resurslari (dunyodagi chuchuk suv zaxiralarining 10%dan ortig‘i) minglab daryo va ko‘llarda, shu jumladan, dunyodagi muzlamagan chuchuk suv zaxiralarining 20 foizini o‘z ichiga olgan Baykal ko‘lida joylashgan.
Kanadada (dunyodagi chuchuk suvning 6,7%i) ikki milliondan ortiq ko‘llar, jumladan, Shimoliy Amerika yer usti chuchuk suvining 84 foizini o‘z ichiga olgan Buyuk ko‘llar mavjud.
AQSh (dunyodagi chuchuk suvning 6,6%i) katta chuchuk suv resurslariga ega: Missisipi, Kolorado va Kolumbiya kabi yirik daryo tizimlari millionlab odamlarni suv bilan ta’minlaydi. Shunday bo‘lsa-da, mamlakatning janubi-g‘arbiy hududlarida suvli qatlamlar to‘ldirilishga qaraganda tezroq tugab borayotgani natijasida suv tanqisligi tobora jiddiy muammoga aylanib bormoqda.
Xitoyning chuchuk suv resurslari (dunyodagi chuchuk suvning 6,6%i) juda katta, lekin resurslar notekis taqsimlangan: yog‘ingarchilik janubda, qurg‘oqchil shimolga qaraganda ko‘proq tushadi. Qishloq xo‘jaligi, sanoat va 400 milliondan ortiq aholini qo‘llab-quvvatlovchi Yanszi daryosi mamlakatning muhim suv manbai hisoblanadi.
Shuningdek, suv bugungi kunda o‘sib borayotgan geosiyosiy mojarolar manbaiga aylanib bormoqda. Xitoydan boshlanadigan daryolarning quyi oqimidagi mamlakatlar o‘z oqimlarini nazorat qilish uchun kurashib yashashiga to‘g‘ri kelyapti.