Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik bor
Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish fuqarolarga 4 million 460 ming so‘madan 6 million 690 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 6 million 690 ming so‘mdan 11 million 150 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bu haqda Huquqiy axborot telegram kanalida ma’lum qilindi.
Agar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa:
👉 11 million 150 ming so‘mdan 22 million 300 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
👉 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
👉 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
👉 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
👉 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.