Er egasiz emas

«O‘zagroinspeksiya»ning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan 2020 yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer resurslaridan foydalanishda qonunchilik ijrosi yuzasidan 75 marotaba nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlarda 42 holatda yer resurslaridan foydalanishda qonunbuzilishi sodir etilgani aniqlandi.

Jumladan, 19 holatda tumandagi fermer xo‘jaliklari tomonidan yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanilayotganligi kuzatildi va sud qarori bilan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rildi.

16 holatda fuqarolar tomonidan fermer xo‘jaliklari yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olingani va qurilish ishlari amalga oshirilgani aniqlandi. Qurilish osti maydonlar uchun 42 million 628 ming so‘m zarar hisoblanib, tumanlararo fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritildi.

«O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati.