Yer maydonini 25 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorlikda Samarqand tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Unda Samarqand tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “N.N.” fermer xo‘jaligi rahbari N.N. fuqaro M.A.ga “Badal” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 18 sotix yer maydonini 25 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 8 000 AQSh dollarini bo‘nak sifatida qo‘lga kiritib, 17 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.