Er to‘g‘risidagi qiziqarli faktlar

Sayyoramiz Quyosh tizimidagi hayot mavjud bo‘lgan yagona ajoyib va betakror sayyoradir. Koinotda aylanib turadigan ushbu katta tosh bo‘lagi haqida har doim yangi narsalarni o‘rganish va kashf etish imkoniyati bor, shu sababli sizga Yer to‘g‘risida hayratlanarli faktlarni taqdim etmoqchimiz.

Ko‘pchilik Yer Quyosh tizimidagi hayotni qo‘llab-quvvatlaydigan atmosferaga ega bo‘lgan yagona sayyora ekanligini biladi. Lekin Yer yuzasida tog‘lar, toshlar va hokazolari bor to‘rtta sayyoradan biri ekanligi ko‘pchilik bilmasa kerak. Venera, Mars va Merkuriy bu guruhning qolgan uch sayyorasi.

ТОП-25: Шокирующие факты про Землю, которые вы не знали

Ajablanarlisi, Yerning katta qismi o‘rganilmagan. Yer yuzining taxminan 71 foizi suv bilan qoplangan va okeanlar ham juda kam o‘rganilgan. Shunga qaramay, Yerdagi chuchuk suvning 68 foizi tog‘lar va muzliklarda muz qatlamlari shaklida doimiy ravishda saqlanib turadi.

ТОП-25: Шокирующие факты про Землю, которые вы не знали

Yer butunlay dumaloq emas, doimiy aylanish tufayli biroz shakli deformatsiyalangan. Hozirda biz maketlarda ko‘rishga odatlanib qolgan shakl biroz tekislanib qolgan.

ТОП-25: Шокирующие факты про Землю, которые вы не знали

Hozirgacha Yer yuzida qayd qilingan eng qattiq zilzila 1960 yil 22 mayda Chili janubidagi Valdiviya shahri yaqinida sodir bo‘lgan. U “Buyuk Chili zilzilasi” nomini olgan va kuchi 9,5 ballni tashkil etgan.

ТОП-25: Шокирующие факты про Землю, которые вы не знали

Antarktida meteoritlarni topish uchun eng yaxshi joylardan biridir. U yerdagi qorning ko‘pligi va o‘simliklarning yo‘qligi tufayli ularni topish juda oson.

ТОП-25: Шокирующие факты про Землю, которые вы не знали

Yerning magnit qutblari doimiy harakatlanishda. Ular ilgari ham, hozir ham siljib turadi va oxir-oqibat o‘z joylarini teskari tomonga o‘zgartiradi, keyin yana o‘z joyiga qaytadi.

ТОП-25: Шокирующие факты про Землю, которые вы не знали

Yerda qaynab turadigan daryolar bor. Peru o‘rmonlarining Mayantuyaku mintaqasidagi uzunligi 6 kilometrdan oshadigan Shanay-timpishka daryosi  suvining harorati 91°Sga yetadi va ba’zi joylarda u chindan ham qaynab turadi. U yerga yiqilgan kishining halok bo‘lishi tayin.

ТОП-25: Шокирующие факты про Землю, которые вы не знали

Yerning turli (kamida 30) joylarida kuy taratadigan qumtepalar bor. Bu kuy asalarining g‘uvillashi va rohiblarning hayqirig‘iga o‘xshaydi. Buning sababini bilish barchaga qiziq bo‘lsa kerak, lekin hozirgacha hech kim aniq bila olmagan.

ТОП-25: Шокирующие факты про Землю, которые вы не знали

Yerda har kuni kechqurun momaqaldiroq bo‘lib turadigan joy bor. Venesuelaning shimoli-g‘arbida Marakaybo ko‘liga quyiladigan Katatumbo daryosi ustida har kuni momaqaldiroq o‘n soat davom etishi mumkin va  daqiqada o‘rtacha 30 ga yaqin chaqmoq bo‘ladi.

ТОП-25: Шокирующие факты про Землю, которые вы не знали

Har yili sayyoramizga kislorod, nikel, temir, uglerod va boshqa elementlardan iborat 40 ming tonna kosmik chang tushadi. Tom ma’noda bu sayyora u bilan qoplangan kosmik changdir. Bundoq o‘ylab qarasangiz bu juda g‘aroyib, shunday emasmi?

ТОП-25: Шокирующие факты про Землю, которые вы не знали

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.